» » Senat Raisi Jizzax viloyatining shahar va tumanlaridagi rivojlanish tendensiyalari bilan yaqindan tanishdi

Senat Raisi Jizzax viloyatining shahar va tumanlaridagi rivojlanish tendensiyalari bilan yaqindan tanishdi

29 февраль 2024 г 153 Комментарии: 0

Xabaringiz bor, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimiz hududlarida sog‘liqni saqlash va taʼlim muassasalari, iqtisodiy obyektlar, mahallalarda bo‘lib, aholi vakillari va mahalliy Kengashlar deputatlari bilan bevosita muloqotlar o‘tkazib kelmoqda.

Senat Raisining bu galgi tashrif manzili Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Zomin, Do‘stlik tumanlari hamda Jizzax shahri bo‘ldi.

Tashrif doirasida Senat Raisi Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax” EIZda ishga tushirilgan yengil avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodning faoliyati bilan tanishdi.

Zavod yillik 100 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Qayd etish joiz, loyiha doirasida yiliga 130 mln dollarlik import o‘rnini bosuvchi 314 turdagi avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi hamda 4 mingta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Zavod ish faoliyati bilan tanishish asnosida u yerda ishchilar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilganligiga, ularga mehnatiga yarasha munosib ish haqi to‘lanayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Keyingi manzil tumandagi “Oqtosh” MFYda bunyod o‘tilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi bo‘ldi.

Shu o‘rinda aytish joizki, bu kabi massivlar barcha viloyatlarda Prezidentimizning 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan bunyod etilmoqda.

41 gektardan kattaroq hududda 1 300 ta  xonadonli 19 ta qo‘p qavatli uy, 1680 o‘rinli umumtaʼlim maktab binosi, 120 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, 200 qatnovli poliklinika binosi, 12 ta bolalar maydonchasi, avtoturargohlar qurilmoqda.

Bu yerda “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish ishlari holati, ularning belgilangan standart talablar asosida qurilayotgani, farmonda ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosiga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Senat Raisi tumanning “Qang‘li” mahallasida istiqomat qilayotgan Yulduz Jabborova xonadonida bo‘lib, u bilan yaqindan suhbat qildi. Qayd etish joiz, Yulduz Jabborova mahalla faollarining qo‘llovi bilan olgan kredit mablag‘lari evaziga Koreya tajribasi asosidagi issiqxonada stellajlarda qulupnay yetishtirish orqali yaxshigina daromad ko‘rib kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, yilning 8 oyi davomida ana shu usul orqali muntazam ravishda qulupnay yetishtirish mumkin. Senat Raisi ushbu tajribani mahallaning boshqa xonadonlarida ham joriy qilish taklifini bildirib o‘tdi.

Sharof Rashidov xamda Paxtakor tumanlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda asosiy eʼtibor Prezidentning “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqadigan vazifalarga qaratildi.

Muloqot davomida mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, bu borada deputatlik so‘rovlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari hisobotlarini eshitish institutlaridan to‘laqonli foydalanish kabi masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, deputatlarga tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini doimiy tarzda nazorat qilib borishi kerakligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Senat Raisining hududlarga tashrifi davomida ijtimoiy obyektlar xususan, sog‘liqni saqlash hamda taʼlim muassasalari faoliyati doimiy eʼtiborda bo‘ladi. Tumanning markaziy shifoxonasiga tashrif davomida kompleksning kattalar, bolalar, tug‘uruq bo‘limlarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlarga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Onalik va bolalikni himoya qilish, ularning salomatligi borasidagi ishlar tahlil qilindi. Shifokorlar bilan suhbat jarayonida mutaxassislarning  malakasini doimiy ravishda oshirib borish, kasalliklar profilaktikasi yo‘nalishida qilinadigan ishlar bo‘yicha qator takliflarni bildirdi.

Viloyatning Zomin tumaniga tashrif davomida esa Ijtimoiy himoya milliy agentligining Zomin “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyidagi shart-sharoitlarni o‘rgandi.

Mazkur “Muruvvat” uyi 47 mlrd so‘m evaziga qayta rekonstruksiya qilinib, shu yilning yanvar oyida to‘liq foydalanishga topshirilgan. Hozirda mazkur ayollar internat uyi bir vaqtning o‘zida 350 nafar nogironligi bo‘lgan ayollarni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Chunki u yerda 350 o‘rinli yotoqxona, maʼmuriy bino, oshxona, kir yuvish hamda yozgi pavilyon binosi to‘liq rekonstruksiya, mukammal taʼmirlandi.

 “Muruvvat” uyida Senat Raisi ayollarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, shifokorlar va bemorlar bilan suhbat qurdi. 

Tumandagi o‘rganishlar davomida T.Narbayeva “Qayirma” MFYda amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi va mahalla yettiligi bilan suhbatlashib, ularning oldiga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan fikr almashdi. Xususan, suhbat davomida Yoshlarning taʼlimi, ularni kasbga yunaltirish, bandligini taʼminlash masalalariga eʼtibor karatildi. Mahalladagi masalalarni mahalliy kengashlar muhokamalariga kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, Senat Raisi mahalla aholisi, xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazib, mahallada ayollarni tadbirkorlikka faol jalb qilish, oilalar farovonligini taʼminlash masalalariga eʼtibor karatildi. Ayollar bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida mahalla xotin-qizlar faoli Gulchehra Mahsudova mahalladagi ayollarning taʼlim va kasbiy ko‘nikmalar olishi, munosib ish topishiga har tomonlama ko‘maklashilayotganini, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12 nafar xotin-qiz kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishida o‘qitilib, ularga subsidiya va imtiyozli kreditlar olinishida yordam berilganini aytib o‘tdi.

Shunday so‘ng Zomin tumanida turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishdi. Tumandagi turistik zonaning zamonaviy turizm infratuzilmasi, mehmonxonalar va sayyohlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Qayd etish joiz, turizmni rivojlantirish hisobiga yaratilayotgan yangi ish o‘rinlariga asosan mahalliy aholi vakillari jalb etilmoqda.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!