Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax shahridagi markaziy koʻchalarning ayrim qismlariga taqiqlovchi belgilar oʻrnatiladi
04 март 2024 г 137 Комментарии: 0
Endilikda Jizzax shahar hududida ham yuk transportlarining harakatlanishi cheklanadi.
Jizzax shahri hududida harakat xavfsizligini taʼminlash va fuqarolar bilan bogʻliq yoʻl-transport xodisalarini oldini olish maqsadida taqiqlovchi belgilar oʻrnatish toʻgʻrisida Jizzax shahar hokimining qarori eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Jizzax shahar Sharof Rashidov shoh koʻchasida joylashgan Jizzax davlat pedagogika universiteti hududidagi tibbiyot instituti maʼmuriy binosi roʻparasidan “Yangi Zebo” savdo majmuasi avtoturargohiga kirish kirish yoʻlagiga qadar 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” hamda Sharof Rashidov shoh koʻchasining Xalqdar doʻstligi, Toshkent va Mustaqillik koʻchalari bilan kesishgan chorrahasidan Shifokorlar koʻchasiga qadar boʻlgan oraligʻida yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlash, Jizzax shahridagi Sharof Rashidov shoh koʻchasining taʼmirlangan qatnov qismini navbatdagi taʼmir muddatiga qadar saqlanish uchun 3.4 “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan” va 7.2.2 “Taʼsir oraligʻi” belgilari oʻrnatiladi.
Shuningdek, Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga kirish yoʻlining doimiy ravishda ochiq holatda boʻlishini taʼminlash uchun “Yongʻin xavfsizligi xizmati” hududi roʻparasidan, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jizzax viloyati “Dinamo jismoniy tarbiya sport jamiyati Kengashi” binosi joylashgan oraliqdagi masofaga 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” hamda ushbu tashkilotlarga kirish yoʻlaklari oldida 3.1 “Kirish taqiqlangan” yoʻl belgilari, “Zilol” MFY va Sharof Rashidov tumani “Qoʻshkoʻprik” MFY hududlari chegarasidan oʻtuvchi Sharshara koʻchasining Mustaqillik koʻchasiga tutashgan joyidagi koʻp qavatli binolar oraligʻidagi tirbandliklarni oldini olish maqsadida “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgilari oʻrnatiladi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!