» » Jizzaxda “Gentra” transformatorga borib urildi

Jizzaxda “Gentra” transformatorga borib urildi

03 январь 2024 г 79 Комментарии: 0

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Sharof Rashidov tumani “Soʻgʻdiyona” mahallasi hududida “Gentra” avtomobili transformatorga urib ketishi oqibatida elektr taʼminotida uzulish boʻlganligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali xabariga koʻra Sh.Rashidov tumani “Soʻgʻdiyona” mahallasi hududidagi “Gandumtosh” tarmogʻidan chiquvchi 257-sonli transformatorni “Gentra” avtomobili urib ketishi oqibatida elektr taʼminoti uzilgan. Haydovchiga tan jarohati yetmagan.

Usha vaqtning oʻzida voqea joyiga Sh.Rashidov tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼullari tomonidan zaxira transformatori olib kelinib, transformator almashtirildi va elektr taʼminotini tiklandi.

Holat yuzasidan huquq tartibot organlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!