Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzaxda umumhalq xayriya hashari doirasida Ploging tadbiri tashkil etildi
19 март 2024 г 165 Комментарии: 0
Ayni kunda mamalakimizning barcha hududlarida "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalqxayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Ushbu xayrli ishga yoshlar ham o‘z hissasini qo‘shish maqsadida "O‘zploging doirasida hududlarni chiqindilardan tozalash tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Bugun Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va viloyat "Yosh eko faollar" guruhi bilan hamkorlikda Ploging tadbiri tashkil etildi. Tadbir "Sangzor" daryosining Jizzax shahar hududidan oqib o‘tuvchi o‘zani qirg‘oqlarida o‘tkazildi.
Navro‘z bayrami oldidan o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda boshqarmaning yoshlari hamda jizzaxlik yosh ekofaollar ko‘ngilli bo‘lib, Vatan va yurt obodligi uchun hissa qo‘shish maqsadida ko‘ngilli bo‘lib tozalash ishlarida faol ishtirok etdilar,- deydi Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasining ekologik nazorat inspeksiyasi rahbari Bunyod Egamov. Tadbir davomida daryo o‘zaning qirg‘og‘i hamda yo‘l yoqalari turli qattiq va maishiy chiqindilardan tozalandi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!