» » Jizzaxda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qanday ahvolda?

Jizzaxda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish qanday ahvolda?

04 март 2024 г 164 Комментарии: 0

Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ravshan Ibragimov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlarining favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish hamda sel- toshqin bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishda idoralararo shtab faoliyatining axborotlari tinglandi.  

Gidrometerologiya xizmati agentligining bergan taqdimnomasiga ko‘ra, Jizzax viloyatining sel va suv toshqinlari xavfi bo‘lgan hududlarida 1 ming 30 ta xo‘jalik, 4 ming 870 nafar aholi va 12 ta texnik obyekt mavjud. Jumladan, Baxmal tumanida 460 nafar aholi va 3 ta texnik obyekt, G‘allaorol tumanida 170 ta xo‘jalik, 700 nafar aholi va 1 ta texnik obyekt, shuningdek, viloyatning boshqa tog‘ va tog‘ oldi hududlaridagi 28 ta avtoyo‘l, 5 ta aholi punkti, 1 ta sog‘lomlashtirish maskani va 1 ta tog‘-kon gidrotexnik obyekt xavfli ekzogengeologik jarayonlar monitoringi tarmog‘iga kiritilganligi, viloyat hududida Baxmal tumanidagi “Novqa” va Yangiobod tumanidagi “Sarmich” sel-suv omborlari mavjud bo‘lib, ularning umumiy holati qoniqarli ekani qayd etildi.

Jizzax viloyatida jami 754 ta ko‘prik mavjud bo‘lib, shundan 314 tasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida hamda 440 tasi ichki xo‘jalik yo‘llarida joylashgan va ushbu mavjud ko‘priklarning 36 tasi ta’mirtalab, shundan, 12 tasi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llariga, 28 tasi ichki yo‘llarga tegishliligi, hozir ko‘priklarning barchasi qoniqarli ekanligi aytildi.

2024-yil manzilli dastur bo‘yicha toshqinga qarshi hukumat komissiyasining 2023-yil 15 noyabrdgi bayoni ijrosini ta’minlash doirasida  G‘allaorol tumanida 3 ta, Baxmal, Zomin, Forish tumanlarida 2 tadan, Sharof Rashidov, Yangiobod tumanlari va Jizzax shahrida 1 tadan, jami 12 ta obyekt manzilli dasturga kiritilgan bo‘lib, respublika byudjetidan 7 milliard 789 million 100 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.  

Hozirgi kunda barcha obyektlarning loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, shundan 11 ta obyektning pudratchi tashkilotlari aniqlangan va  qurilish ishlari boshlab yuborilgan. 1 ta obyektni qurish ishlari uchun pudratchi tanlash maqsadida tender savdosiga qo‘yilganligi ta’kidlandi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!