Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Avtomobilsozlik markaziga aylanayotgan Jizzax
27 март 2024 г 132 Комментарии: 0
Sharof Rashidov tumanida “ADM Jizzakh”yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi korxonasining yangi binosi hamda Kia Sonet avtomobilining taqdimoti oʻtkazildi.
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori va qabul qilgan bir qator qarorlariga muvofiq Jizzaxda mashinasozlik sohasi jadal rivojlanmoqda.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali sohani rivojlantirishga qaratilgan eʼtibor tufayli keyingi yillarda viloyatda mashinasozlik sohasida keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilda.
Xususan, “ADM Jizzakh”korxonasida KIA, Chery brendlari ostida yengil avtomobillar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Loyihani amalga oshirishda 226 mln AQSH dollar mablagʻlar oʻzlashtirilib, bugungi kunda 1 300 nafar yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Korxonada yiliga 100 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarish quvvati yaratilgan boʻlib, kelgusida ish oʻrinlari soni 3 000 nafarga yetkaziladi.
Shuningdek, korxonada ishchi xizmatchilarga qulaylik yaratish maqsadida, 120 oʻrinli umumiy ovqatlanish oshxonasi tashkil etilib, ishchilarning bepul ovqatlanishadi.
Kelgusida ishchilarga qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, yotoqxona, yashash uylari, sport va bolalar maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan.
Avtomobillar yuqori texnologiyalarini jalb qilgan holda payvandlash, boʻyoqlash va yigʻish jarayonlarini qamrab oluvchi toʻliq ishlab chiqarish sikli asosida ishlamoqda.
Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini yanada oshirish maqsadida, Koreya, Hindiston va Xitoy davlatlaridan malakali mutaxassislar jalb etilgan.
Bu borada xorijiy hamkorlar bilan joriy yildan boshlab dastlab 50 nafar muhandislar Koreya va Xitoydagi tadqiqot va loyihalash markazlarida malaka oshirishga yuborilishi belgilangan, shu asosda jami 300 dan ortiq mutaxassislar mana shunday kurslarda qatnashishi belgilgan.
Tadbirdan soʻng viloyat hokimi Ergash Saliyev Koreyadan kelgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!