» » Soliq qoʻmitasi vakillari va respublika “Agrobank” AT banki masʼullari tadbirkorlar bilan uchrashdi

Soliq qoʻmitasi vakillari va respublika “Agrobank” AT banki masʼullari tadbirkorlar bilan uchrashdi

03 апрель 2024 г 104 Комментарии: 0

Sharof Rashidov tuman hokimligida oʻtkazilgan uchrashuvda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi, “mahallabay” tizim asosida aholi va tadbirkorlik subyektlarining Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yoʻnaltirilgan dasturlari doirasida kredit olish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Soliq qoʻmitasi masʼullaridan A.Ishnazarov va Agrobank AT boshqaruv raisi oʻrinbosari J.Turdiyevlar soʻzga chiqib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yoʻl ochish, bank kreditlarini ajratilishi nafaqat mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiradi, balki aholiga qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratib, ularning turmush sharoitini yaxshilashga ham yordam berishi taʼkidlandi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!