» » Jizzaxda tomorqachilikni yanada rivojlantirishga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi

Jizzaxda tomorqachilikni yanada rivojlantirishga bagʻishlangan seminar tashkil qilindi

13 апрель 2024 г 68 Комментарии: 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi chogʻida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalarni belgilab berdi.

Jumladan, viloyatda aholi xonadonlaridagi mavjud tomorqalardan unumli foydalanishni sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Viloyatda axoli tomorqalarini ishga solish boʻyicha 309 ta mahallaga “Lider” tadbirkor – eksportchilar biriktirilishi belgilandi. Endilidka banklar tomorqada 50 million soʻm daromad qiladigan moliyaviy paket ishlab chiqadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash, viloyatda tomorqachilikni yanada rivojlantirish, bu borada boy tajriba toʻplagan sohibkorlarning ish usullarini mahallalarda keng ommalashtirish maqsadida Jizzax viloyatining Zarbdor va Sharof Rashidov tumanlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi Aktam Xaitov va sohaga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddilar, “mahalla yettiligi”, deputatlar va partiya faollari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminar ishtirokchilari dastlab Zarbdor tumanidagi Lalmikor MFYga tashrif buyurishdi. Mazkur mahallada 3 700 nafardan ortiq aholi yashaydi. Mahalla obod qilingan, yoʻl chetlari va boʻsh maydonlarga “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchatlar ekilgan.

Mahalla dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Mavjud 668 ta xonadonning barchasida tomorqa bor. Shuningdek, aholiga dehqonchilik qilish uchun 126 gektar yer ajratilgan. Mahallada rezavor mevalar yetishtirish boʻyicha oʻquv maydoni tashkil etilgan. Bu yerda maymunjon, xoʻjagʻat, golubika koʻchatlari oʻstirilib, axoli tomorqalariga ekiladi. Hosilga kirgach, eksportchilar tomonidan sotib olinadi.

Viloyatning barcha hududlarida boʻlgani kabi bu yerda ham tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zahiralarni ishga solish, bozorbop mahsulotlar yetishtirish choralari koʻrilmoqda. Bu borada namunali tomorqachi Hoshim Ahmedov xonadonida amalga oshirilgan ishlar tahsinga loyiq.

Kaftdekkina hovlida issiqxona tashkil qilinib, limon ekilgan. Hovlida 4 quti asalari, qoramol, qoʻy, shuningdek 100 dan ortiq broler joʻjalar boqilmoqda. 10 xil turdan ziyod mevali daraxtlar, koʻkat, ziravor va boshqa ekinlar did bilan ekilgan. 5 kishidan iborat oila aʼzolari, ulardan unumli foydalanib, yiligi 200 milliondan ortiq sof daromad qilish imkoniyati borligini aytishmoqda.

Seminar ishtirokchilari tomorqachining amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdilar, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.

Partiyamiz yetakchisi ishtirokidagi navbatdagi seminar mashgʻuloti Sharof Rashidov tumani “Tuyoqli” mahalasida istiqomat qiluvchi “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni sohibi Abdumoʻmin Karimov xonadonida davom ettirildi.

Tajribali tomorqachi xonadonida boʻsh yerning oʻzi yoʻq. Kirgan kishining dili yayraydi, koʻzi quvnaydi. Har qarich yerga did bilan ishlov berilib, ekin ekilgan. 6 sotix maydonni egallagan 2 ta issiqxona, tokzor, turli mevali koʻchatlar ekilgan bogʻ, yil oʻn ikki oy tomorqadan hosil olish imkonini beradi. Qolaversa, roʻzgʻorda qoramol, qoʻy, tovuq boqilmoqda.

Albatta, moʻjazgina hovlida yaratilgan bu moʻjizaning siri – uquv va mehr bilan qilinayotgan mehnatda. Abdumoʻmin akaning xonadonida 8 kishi istiqomat qiladi. Oila aʼzolari, hatto nevaralar ham tomorqachining yaqin dastyorlariga aylanishgan.

Tomorqachi oʻz yutuq va muvaffaqiyatlari sirlari bilan oʻrtoqlashdi. Shuningdek, tomorqachilik bilan shugʻullanishni istovchilar uchun urugʻlik, koʻchat, qalamcha berib, koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Seminar davomida namunali bu tomorqachilar ish tajribasini ommalashtirish, viloyatdagi aholi xonadonlarida mavjud tomorqalarning har birini daromad keltiradigan, aholi bandligini taʼminlaydigan sohaga aylantirish asosiy vazifa ekanligi taʼkidlandi. Mutasaddilar tomonidan bu borada beriladigan imtiyozli amaliy yordam turlari sanab oʻtildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!