» » Jizzaxda Istiqbolli kadrlar zaxirasidagi nomzodlar ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi

Jizzaxda Istiqbolli kadrlar zaxirasidagi nomzodlar ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi

22 апрель 2024 г 39 Комментарии: 0

Davlat fuqarolik xizmatining rahbarlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida respublika miqyosida mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari hamda tuman (shahar) darajasidagi rahbar kadrlar orasidan saralab olingan Istiqbolli kadrlar zaxirasi shakllantirilib, alohida oʻquv Dasturi asosida kasbiy kompetensiyalari rivojlantirilmoqda.

Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Istiqbolli kadrlarning boshqaruv va kasbiy faoliyatiga oid bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar oʻtkazildi.

Seminar davomida tinglovchilarga dasturdagi fanlardan tashqari faoliyat samaradorligiga erishishga oid nazariy maʼlumotlar berildi hamda malakali psixologlar tomonidan trening darslari va amaliy mashgʻulotlar orqali boʻlajak rahbarlar uchun zarur boʻlgan yumshoq koʻnikmalari ("SOFT SKILLS”) shakllantirildi. Yakunda zaxira kadrlardan bilim testlari olindi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!