Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati prokurori Gʻallaorol tumani mahallasida muloqot oʻtkazdi
08 май 2024 г 158 Комментарии: 0
Jizzax viloyati prokurori I.Ergashxodjayev Gʻallaorol tumanining “Sarbozor” mahallasida boʻlib, Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi 204-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tegishli korxona rahbarlari, mazkur masala doirasida tashkil etilgan shtab aʼzolari, hudud aholisi, mutasaddi rahbarlar hamda “mahalla yettiligi” ishtirokida muloqot oʻtkazdi.
Muloqot davomida aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishni ragʻbatlantirish masalalariga alohida toʻxtalib, mazkur qarorning mazmun-mohiyatini aholi va isteʼmolchilarga tushuntirish boʻyicha masʼullarning tushuntirish va takliflari tinglandi hamda ishlarni jadallashtirish yuzasidan masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!