Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Qirgʻiz Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manas mahallasida boʻldi
13 май 2024 г 115 Комментарии: 0
Xalqimiz azal-azaldan turli millat vakillari bilan bir oiladek, doʻst, inoq yashab kelgan. Oradan asrlar oʻtsada bu anʼana bizning davrimizga kelib millatlararo totuvlik yanada mustahkamlanmoqda.
Shular qatori oʻzbek va qirgʻiz xalqlari uzoq yillar davomida yonma-yon, doʻst-birodar, quda-anda boʻlib hayot kechirishmoqda.
Qirgʻiz Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Musa Djamanbayev delegatsiyasi bilan Doʻstlik tumanining Manas mahallasida boʻldi.
Mehmonlarni tuman hokimi Shavkat Darvishev, sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilar iliq kutib olishdi.
Musa Jamanbayev mahalladagi Madaniyat saroyida ham boʻlib, aholi va yoshlar bilan uchrashdi. Unda soʻz olgan elchi Manasda amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar hamda Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlarga yuqori baho berdi. Shu yerda mehmonlar sharafiga konsert dasturlari namoyish etildi.
Shundan keyin delegatsiya aʼzolari 5-umumtaʼlim maktabida boʻlib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda taʼlim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Yoshlarga taʼlim-tarbiya berishdan tashqari, salomatliklarini mustahkamlash, sport turlarini ommalashtirish maqsadida minifutbol oʻyini ham tashkil etildi.
Tuman hokimi Shavkat Darvishevning elchi bilan boʻlib oʻtgan suhbatlari davomida oʻzaro doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olishdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!