Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzaxda tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
25 июнь 2024 г 145 Комментарии: 0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari v.v.b. N.Umarova, Jizzax viloyat hokimining oʻrinbosari N.Muxtorova ishtirokida 100 nafarga yaqin xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Maʼlumki, davlatimiz tomonidan bu borada yaxlit tizim yaratilgan boʻlib, ayollarning biznes tashabbuslari, gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashilmoqda va shu orqali ularning bandligi taʼminlanmoqda.
Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad tadbirkorlikni ayollar oʻrtasida rivojlantirish, ularning tadbirkorlik yoʻnalishidagi fikr-mulohazalarini tinglash, bugungi kunda tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar, amalga oshirilayotgan yangidan yangi loyihalar haqida tushuncha berish.
Oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, taxlil etilib, mahalliy hokimliklar, hududiy hokimliklar, vazirlik va tashkilotlar doirasida hal etiladi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!