» » Arnasoyga Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani tadbirkorlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi

Arnasoyga Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani tadbirkorlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi

08 июль 2024 г 96 Комментарии: 0

Delegatsiya “Arnasoy Hotel”, “Arnasoy Gold Tex” MCHJ “Domboq joʻjalar” MCHJ, “CHELEBI TEXTILE“ MCHJ, ”Sangzor" chorvachilik fermer xoʻjaligi, Srem kabi obyektlari bilan tanishib, tashrif davomida turizm rivojlantirish borasida Aydar-Arnasoy koʻlida ham boʻlishdi.

Mazkur koʻlning sohil boʻyida boʻlgan uchrashuvda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani tadbirkorlari tomonidan koʻlning turizmga moʻljallanganligi uni rivojlantirish borasida oʻz takliflari orqali fikr mulohazalari bildirib oʻtishdi.

Bunda Arnasoy koʻli sohilida zamonaviy kempinglar, sayyohlarga xizmat koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻtov-mehmonxonalari va xostellar, suv transport xizmatlari, savdo-doʻkonlari, sport maydonlari, bolalar uchun oʻyingohlari hamda turizm yoʻnalishda barcha obyektlar yaratilsa tumaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muhim omil boʻlishi koʻzda tutildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!