» » Jizzax shahar hokimi xorijdagi migrant yoshlari, ularning ota-onalari, migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan uchrashdi

Jizzax shahar hokimi xorijdagi migrant yoshlari, ularning ota-onalari, migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan uchrashdi

19 июль 2024 г 102 Комментарии: 0

Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov xorijdagi migrant yoshlari, ularning ota-onalari, migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning oila aʼzolari ishtirok etdi. Uchrashuvda ishlash, oʻqish, davolanish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan fuqarolarning muammolarini aniqlash, ogʻir ahvolga tushib qolganlarga koʻmak koʻrsatish, yashash manziliga qaytganlarning bandligini taʼminlash masalalarida suhbat qilindi.

Shahar hokimi Prezidentimiz topshirigʻi bilan migratsiyadagilarni kafolatlangan ish oʻrni, mehnatiga yarasha ish haqlari, munosib sharoitlar bilan taʼminlash hamda huquqlarining himoya qilinishini tartibga solish maqsadida xorijga ishga yuborish boʻyicha yangi tizim – “Xorijga ish – mahalladan” tamoyili yoʻlga qoʻyilayotganligini maʼlum qildi.

Bunda hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni aniqlab, “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi.

Nomzodlar xorijdagi ish beruvchilar tanlovlariga jalb qilinadi. Shuningdek, kasbiy malakasi boʻlmagan, xorijiy tillarni bilmaydigan nomzodlar uchun kasb va tilga oʻqitish hamda professional taʼlim muassasalarida maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Muloqot davomida xorijdagi fuqarolar hamda ularning oila aʼzolarining murojaatlari, fikrlari hamda takliflari tinglandi. Mutasaddilarga murojaatlarni hal etish boʻyicha vazifalar belgilandi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!