» » Yangiobod tumani hududida 3 ming gektar maydonda qalampir yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi

Yangiobod tumani hududida 3 ming gektar maydonda qalampir yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi

19 июль 2024 г 67 Комментарии: 0

Yangiobod tumanida qator sohalarda yangi va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va tumanning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tuman hokimi boshchiligida salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay muhit sababli tumanimizda xorijiy investorlar bilan manfaatli loyihalar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Xususan, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev Xitoylik investorlar bilan uchrashib, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida tashkil etilayotgan yangi loyiha xususida suhbatlashdi.

Loyiha doirasida tuman hududida 3 ming gektar maydonda qalampir yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, yetishtirilgan mahsulotni qadoqlash va xorijga eksport qilish ham rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda loyiha yuzasidan xitoylik mutaxassislar bilan muzokaralar olib borilib, dastlabgi kelishuvlarga erishildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!