» » Arnasoyda Xitoy tajribasi asosida paxta yetishtiriladi

Arnasoyda Xitoy tajribasi asosida paxta yetishtiriladi

01 май 2024 г 52 Комментарии: 0

Arnasoy tumanida yangi va zamonaviy investitsiya loyihalarini jalb etish borasida xorijiy investorlar bilan manfaatli aloqalar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Xususan, tuman hokimi Odil Musanov Xitoylik investorlar bilan uchrashib, yangi loyiha va takliflar yuzasidan suhbatlashdi.

Uchrashuv yakunida qishloq xoʻjaligida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hamkorlik loyihalarining amaliy ijrosi yuzasidan tuman hokimi Xitoylik investorlar bilan tuman zahirasidagi yerlarni koʻzdan kechirdi.

“Arnasoy Yusuf Cotton” masʼuliyati cheklangan jamiyati Xitoy Xalq Respublikasidan paxtaning yuqori hosildor va sifatli urugʻlik chigit olib kelib, tuman zahirasidagi yerlardan 1000 gektar ekin maydonini onlayn auksion orqali olib, tumanda paxtaning yangi navini yetishtirish yoʻlga qoʻyilib, korxonada urugʻlik chigit tayyorlash, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish hamda paxtani qayta ishlashni bosqichma bosqich amalga oshiriladi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!