» » O'zbekiston-Xitoy hududlararo forumi o’tkazildi

O'zbekiston-Xitoy hududlararo forumi o’tkazildi

25 январь 2024 г 75 Комментарии: 0

Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida O'zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo'lib o'tdi.

Mazkur forumda viloyat hokimi Ergash Saliyev boshchiligidagi Jizzax viloyat delegatsiyasi ham ishtirok etib, delegatsiya a'zolari tomonidan forum doirasida ko'rgazmali burchak tashkil etildi.

Forumda so'zga chiqqanlar tomonidan ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalar izchil sur’atda o‘sib kelayotganligi ta’kidlandi hamda xitoylik tadbirkorlarni yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishga da'vat etildi.

Shuningdek, ushbu investitsiya, savdo va turizm forumi doirasida Jizzax viloyati delegatsiyasi ham Xitoy tomoni bilan B2B, G2B, G2G formatida amaliy muloqot va ishchi muzokaralar olib borib, viloyatining investitsiyaviy jozibasi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi va yangi investitsiya bitimlari hamda loyihalar yuzasidan dastlabki kelishuv memorandumlari imzolandi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!