» » “Agro In-vitro”: Qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsion loyiha

“Agro In-vitro”: Qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsion loyiha

04 июль 2024 г 158 Комментарии: 0

 Amaliy tashrif bilan Jizzax viloyatida boʻlgan vazir Ibrohim Abdurahmonov navbatdagi manzil boʻyicha Gʻallaorol tumani Xonimqoʻrgʻon QFY da joylashgan “Agro In-vitro” MCHJ In-vitro laboratoriyasida boʻldi.

Eng yangi texnologiyalarga asoslangan “Agro In-vitro” loyihasi mevali ekinlarning yuqori mahsuldor va eksport koʻchatlarini yetishtirishni taʼminlash, shuningdek, manzarali daraxtlar va gullar importini kamaytirishga qaratilgan boʻlib, mazkur laboratoriya kompleksi 20,4 gektar maydonni egallagan va u yiliga 10 million dona koʻchat yetishtirish quvvatiga ega.

Maxsus laboratoriyada koʻchatlar tashqi muhitdan himoyalangan, virus va kasalliklardan tozalangan sharoitda yetishtiriladi. Shuningdek, loyiha doirasida avtomatlashtirilgan sunʼiy mikroiqlim muhitini yaratuvchi oynavand issiqxonalar qurildi. Bu issiqxonalar 50% gacha quvvat tejalishini taʼminlaydi.

70 nafar yangi ish oʻrni yaratilgan “Agro In-vitro” loyihasi yurtimizdagi tadbirkor, dehqon va fermerlarimizga yuqori hosildorlikni kafolatlaydigan, sertifikatlangan, virusdan xoli va yuqori sovuq haroratga chidamli koʻchatlarni yetkazib beradigan kompleks hisoblanadi. Bu unikal loyiha Oʻzbekistonda emas, butun MDH davlatlarida yagona sanaladi.

Tadbirkorning soʻzlariga koʻra, majmuada yangi uzum navlari ustida alohida ish olib borish koʻzda tutilgan boʻlib, loyiha asosida 40 turdagi 6000 dan ziyod koʻchatlar Italiya va Ispaniyadan keltirilgan uzum koʻchatlari kafolatlangan holda yetkazib beriladi.

“Zararli hasharotlar kirishining oldini olish maqsadida Oʻzbekistonga uzum koʻchati importi taqiqlangan. Bu yerda eng xaridorgir va noyob uzum navlari koʻchatlarini tayyorlash va sotish yoʻlga qoʻyiladi. Dunyoning seleksiya rivojlangan davlatlaridan yangi uzum navlarini olib kelib, koʻpaytirib dehqonlarimizga yetkazib berish asosiy maqsadimiz” – deydi ulkan maqsadlarni koʻzlagan tadbirkor.

Vazir laboratoriya faoliyati bilan tanishar ekan, bu yerda yetishtirilayotgan har bir meva va sabzavotlarning daladan dasturxonimizgacha keladigan jarayoni dehqon hamda fermerlarimizning, qanchadan-qancha ishchi-mehnatkashlarning ogʻir va mashaqqatli mehnati samarasi ekanini alohida qayd etdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!