Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Amerikalik va yevropalik ishbilarmonlar BMB-NRC Agrologistics va BMB Agro Plus majmualarida boʻlishdi
04 март 2024 г 160 Комментарии: 0
AQSHning yirik gipermarketlar tarmogʻiga ega boʻlgan COSTCO kompaniyasi boshqaruv kengashi aʼzosi Natale de Franchesko, italiyalik hamkorlar Roberto Tuchchi va Alessandro Mombellonilar BMB-NRC Agrologistics hamda BMB Agro Plus majmualariga tashrif buyurishdi.
Agrologistika majmuasining faoliyati, uning quvvati, eksport salohiyati va joʻgʻrofiyasi, xizmat turlari, shuningdek, yaratilgan boshqa imkoniyat va sharoitlari haqida soʻz ketganda, shuni taʼkidlash joizki, BMB-NRC Agrologistics oʻziga xos noyob kompleks sifatida mamlakatimiz mintaqalarida yetishtirilgan turli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash, bojxona, bank va sanitar hujjatlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirish, transport, logistika xizmatlarini koʻrsatish kabi amaliyotlar joriy etilgan.
Shu bilan birga, mehmonlar Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida barpo etilayotgan yirik investitsion loyiha — BMB Agro Plus korxonasi faoliyati bilan tanishishdi. BMB Holding tasarrufidagi meva-sabzavotchilik va oziq-ovqat klasterlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan chuqur qayta ishlashgacha boʻlgan toʻliq zanjirni tashkil etish, shuningdek, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda Yevropa mamlakatlariga eksport qilish maqsadida BMB Agro Plus korxonasining birinchi bosqichi may oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgani maʼlum qilindi.
Tashrif davomida meva-sabzavotlarni saqlash, ularni chuqur qayta ishlash orqali yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni xorijiy bozorlarga eksport qilish, istiqboldagi yirik rejalar bilan bogʻliq masalalarda fikr almashildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!