Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » USDA Organic sertifikatini olish boʻyicha ishlar qizgʻin davom etmoqda
13 октябрь 2023 г 187 Комментарии: 0
BMB Zaʻfaron brendi ostida yetishtirilayotgan zaʼfaron mahsulotinining eksport hajmini oshirish va uning geografiyasini kengaytirish maqsadida Control Union Certifications (Niderlandiya) tashkiloti bilan hamkorlikdagi Euro Cert kompaniyasi yordamida USDA Organic sertifikatini olish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda Euro Cert kompaniyasi mutaxassislari tomonidan zaʼfaron plantatsiyasida mahsulotni ekish, yetishtirish, agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, terib olish, qayta ishlash va saqlash jarayonlari oʻrganib chiqilmoqda.
USDA Organic sertifikati mamlakatimizda yetishtirilayotgan zaʼfaron mahsulotining sifati va xavfsizlik koʻrsatkichlari xalqaro standartlarga mos hamda mahsulot tabiiy holda yetishtirilganligi toʻgʻrisidagi muvofiqlik sertifikati hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu sertifikat mamlakatimizda yetishtirilgan zaʼfaron mahsulotini AQSH bozoriga olib chiqishga va eksport bozorini yanada kengroq qamrab olishga yordam beradi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!