» » Xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi elchilari BMB-NRC AGROLOGISTICS majmuasida boʻlishdi

Xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi elchilari BMB-NRC AGROLOGISTICS majmuasida boʻlishdi

29 июль 2024 г 98 Комментарии: 0

Jizzax viloyatining investitsiyaviy, eksport va ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurgan Rossiya (Oleg Malginov), Xitoy (Yuy Szyun), Moʻgʻuliston (Batbaatara Daadanxuu), Slovakiya (Viktor Boreskiy), Qozogʻiston (Beybut Atamqulov), Qirgʻiziston (Musa Djamabayev) davlatlarining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchilari hamda Tojikiston, Belarus Respublikasi, Chexiyaning diplomatik korpus vakillarini, shuningdek, Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Bobur Usmanov va Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari Sardor Shukurullayevni BMB HOLDING Taʼsischisi Aziz Mamatqulov, Bosh direktorning tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Xayrulla Nabijonov kutib olib, Holding faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalari, xususan, BMB-NRC Agrologistics majmuasi imkoniyatlari bilan batafsil tanishtirdi.

Shuningdek, jarayon davomida mehmonlarni agrologistika majmuasining faoliyati, uning quvvati, eksport salohiyati va joʻgʻrofiyasi, xizmat turlari, yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, xususan, mamlakatimiz mintaqalarida yetishtirilgan turli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash, qayta ishlash, qadoqlash, saqlash, bojxona, bank va fitosanitar hujjatlarini “Yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirish, transport, logistika xizmatlarini koʻrsatish kabi amaliyotlar bilan tanishtirildi.

Elchilar va diplomatik korpus vakillari tomonidan taʼkidlanganidek, mazkur uchrashuv Jizzax viloyatining iqisodiy va investitsiyaviy salohiyatini namoyon qilish bilan birgalikda, mazkur hamkor davlatlar bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, eksport-import munosabatlarini yanada kuchaytirishda mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi.

Kelgusida mazkur mamlakatlarga serquyosh zaminimizda yetishtirilgan mahsulotlar eksportini kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!