» » Muqobil energiya daromad manbai

Muqobil energiya daromad manbai

05 август 2024 г 93 Комментарии: 0

Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida muqobil energiya manbalari o‘rnatilishini jadallashtirishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish bo‘yicha bojxona organlariga ham bir qator vazifalar yuklatilgan.

Shu sababli, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi ishchi guruhi va Jizzax politexnika instituti mas’ul xodimlari bilan birgalikda viloyatda energiya iste’moli yuqori bo‘lgan “Master Bilding Products”, “Jizzax akkumulyator zavodi” va “ADM Jizzakh” korxonalari faoliyati tahlil qilinib, ular bilan muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi.

Uchrashuvda quyosh panellarining afzalliklari, uni o‘rnatish bo‘yicha qator qulayliklar, imtiyozli kreditlar hamda soliq imtiyozlari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!