Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Fotovideoreportaj: Jizzaxda “JIZZAX SEMENT” ishga toʻshdi
22 август 2024 г 103 Комментарии: 0
Forish tumani nafaqat viloyatimizda balki mamlakatimizda ham sanoatlashgan tumanga aylanib bormoqda.
Hududda “Egizbuloq” sanoat zonasi tashkil etilib, sanoat korxonalarini zarur infratuzilma (elektr, yoʻl vashu kabilar) bilan taʼminlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tumanda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investorlar mablagʻlari hisobidan bir qancha zamonaviy sanoat korxonalari bunyod etilmoqda.
Shunday korxonalardan biri “JIZZAX SEMENT” masʼuliyati cheklangan jamiyatining sement ishlab chiqarish loyihasidir.
Ushbu yangi sement ishlab chiqarish loyihasining qiymati 150 mln. dollarini tashkil etib, korxona toʻliq ishga tushgach, yiligi 2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvati hamda 450 nafar yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Mazkur loyihada dunyoning eng soʻnggi ilgʻor energiya tejamkor texnologiyalari hisoblangan yaʼni, ishlab chiqarish liniyasida yuqori haroratli pechidan atmosferaga ajralib chiqadigan issiqlik va zararli gazlarni qayta ishlovchi (WHR - Waste Haed Recovery sistems) tizimi oʻrnatilgan.
Bu esa oʻz navbatida, ishlab chiqarish zavodining ekologiya va atrof-muhitga salbiy taʼsirini oldini olish uchun xizmat qilishga hamda elektr energiyasi sarfini 30-35 foizga qisqartirishga erishilib, ichki va tashqi bozorlarni raqobatbardosh, hamyonbop sement mahsulotlari bilan taʼminlashga xizmat qiladi.
Tantanali oʻtkazilgan tadbirlda viloyat hokimi Ergash Saliyev soʻzga chiqib,-“Ushbu loyihada qurilish ishlari yakunlanib, asbob-uskunlar olib toʻliq kelingan, loyiha doirasida 450 - 500 markali yuqori sifatli sement mahsuloti ishlab chiqarish boshlandi”-diya aytib oʻtdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!