Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Respublika komissiyasining Jizzax viloyatida yig'ilishi o'tkazildi
23 август 2024 г 100 Комментарии: 0
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining Jizzax viloyatida yig'ilishi o'tkazildi.
Jizzax viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari va viloyat hokimligi, tashkilot rahbarlari hamda tuman, shahar hokimlari ishtirokida komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash natijalari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yigit-qizlar bandligini ta’minlash, ularga yer ajratish va “Yoshlar daftari”, Besh tashabbus olimpiadasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!