» » “Bilimlar kuni” tadbirida Jizzax viloyati hokimi ishtirok etdi

“Bilimlar kuni” tadbirida Jizzax viloyati hokimi ishtirok etdi

04 сентябрь 2024 г 69 Комментарии: 0

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida oʻtkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi.
Bugun Jizzax viloyatining har bir hududidagi oʻrta taʼlim maktablari, Prezident va ijod va ixtisoslashtirilgan maktab internatlarida “Bilimlar kuni” nishonlandi.
Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Ergash Saliyev barcha yoshlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
“Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan gʻoya asosida maktab taʼlimi tizimida ushbu islohotlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Jumladan, 2017-2024-yillar davomida jami 367 ta ( 21 ta yangi qurilish, 196 ta rekonstruksiya, 150 ta mukammal taʼmirlash) obyektlarda umumiy qiymati 907 224,0 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, buning natijasida 53 468 ta yangi oʻquvchi oʻrin yaratildi.
Natijada, 2 va undan yuqori koeffitsiyentda faoliyat olib borayotgan 42 ta maktabning koeffitsiyent 1,2 ga tushurildi.
Joriy yilning oʻzida Davlat Dasturlari doirasida 29 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari, 6 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda 2 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda shartnoma qiymati 90,5 mlrd.soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, 2017-2024-yilda 39 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablariga sport zallari qurilib foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, 2017-2024-yillar davomida jami 132 ta ( 18 ta yangi qurilish, 76 ta rekonstruksiya) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida umumiy qiymati 440 586,0 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, buning natijasida 11 875 ta yangi tarbiyachilar oʻrini yaratildi.
Inson muvaffaqiyatining koʻpi bilan 10 foizi omadga va tashqi omillarga, qolgan 90 foizi esa aynan oʻziga va zahmatli mehnatiga bogʻliq ekanligi uchun yuqori maqsadlar qoʻyib, oʻz kuchingizga ishonib tinimsiz harakat qilishingiz zarur!

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!