Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Mahalla tizimi xodimlari kuni Jizzaxda keng nishonlandi
22 март 2024 г 138 Комментарии: 0
22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyida bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tantanali tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etib, barcha soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi.
Viloyat hokimi Ergash Saliyev “Yurtimizda maʼnaviy muhit barqarorligini, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi fidokorona ishlaringizga ulkan zafarlar yor boʻlsin, yana bir marta bayramingiz muborak boʻlsin, aziz mahalla faollari” deb oʻz soʻziga yakun yasadi.
Bugungi kunda viloyatimizda mahalla tizimi borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, oʻtgan 2023-yil mobaynida fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 36 ta mahalla idorasi yangidan qurildi,15 tasi rekonstruksiya qilinib, taʼmirlandi, hozirda 8 ta mahalla binolarida qurilish ishlari olib borilmoqda, 2024-yil yakuniga qadar manzilli dasturga asosan 30 ta mahalla binosi yangitdan barpo etiladi.
Tadbirda mamlakatimizda oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish orqali fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan ezgu tamoyil asosida mahallaning oʻrni va nufuzini yuksaltirish, yurtimizda keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi katta xizmatlari, xalqimiz orasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash, koʻp asrlik anʼanalarimizni asrab-avaylash, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash hamda oilalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun bir guruh soha vakillari yuksak davlat mukofoti hamda viloyat hokimi faxriy yorligʻi bilan taqdirlanishdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!