Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev shifokorlar hamda farmatsevtika tizimi vakillari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv oʻtkazdi
02 декабрь 2023 г 130 Комментарии: 0
Farmatsevtika sohasining bugungi kundagi holati va soha rivojiga yetarlicha eʼtibor berilmayotganligi yuzasidan boʻlib oʻtgan tanqidiy-tahliliy uchrashuvda viloyatdagi soha masʼullari, rahbarlari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.
Taʼkidlanishicha, bugun viloyat aholisining farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan talabi, uning qanchasini mahalliy va qancha qismini import hisobiga qoplash mumkinligi, dori-darmonlar sifati boʻyicha na shu sohaga masʼul rahbarlar va na sogʻliqni saqlash tizimi xodimlari qoʻlida aniq hisob kitoblar yoʻq!
Farmatsevtika sohasida bugun viloyat hududida “Jizzax Dori-darmon” MCHJ tasarrufidagi 87 ta ijtimoiy dorixona shahaobchalari (shundan markaziy dorixonalar 13 ta va ularning filiallari 74 tani) tashkil etadi.
Ularda sotilayotgan “Asosiy dori vositalar roʻyhati”ga kiritilgan 7 500 xil dori mahsulotlarining 1 120 xili (15 %) mavjud boʻlib, shuning ham 420 turdagisi (37 %) import qilingan dori vositalaridir. Hozirda jamiyatga tegishli ijtimoiy dorixona shahobchalarida 5 000 xildan ortiq dori vositalariga ehtiyoj mavjud.
Shahar va tumanlarda farm sanoatida loyihalar amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar boʻla turib, dori vositalaring importi yuqoriligicha qolayotgan Jizzax shahar (49 %), Mirzachoʻl (47,7 %), Baxmal (38,3 %) va Zarbdor (37,7 %) tumanlarida nima uchun bironta farmatsevtika loyihasi amalga oshirilmay kelinmoqda.
Bundan tashqari, Jizzax viloyat Perinetal markazi, Jizzax viloyat ruxiy-asab kasalliklar dispanseri, Jizzax viloyat koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasi, Gʻallaorol tuman tibbiyot birlashmasi, Baxmal tuman tibbiyot birlashmasi va Jizzax shahar tibbiyot birlashmalarida taʼminotchi korxonalardan ishlab-chiqilgan narxlar taklifidan yuqori narxlarda xarid qilinganligi maʼlum boʻldi.
Qolaversa, Zomin tumanida 103,4 ga yer maydonda “Zomin-Farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilgan, 100 ga plantatsiya (dorivor oʻsimliklar yetishtirish)ga ajratilgan. Biroq, mazkur iqtisodiy zona tashkil etilganiga 6 yildan oshiq vaqt oʻtganligiga qaramasdan bugungi kungacha ushbu sanoat zonasida atigi 2 ta loyihalar amalga oshirilgan.
Tanqidiy–tahliliy oʻtgan uchrashuvda viloyat hokimi tegishli soha vakilllariga koʻrsatilgan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!