» » Jizzaxda qurilish obyektlariga press-tur tashkil etildi

Jizzaxda qurilish obyektlariga press-tur tashkil etildi

06 август 2024 г 119 Комментарии: 0

Press-turda ommaviy axborot vositalari vakillari, soha mutaxassislari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi.

Unda Sharof Rashidov tumani hududidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilayotgan koʻp-qavatlik uylar va Jizzax shahridagi yirik qurilish obyektlari tanishtirildi.

Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUK buyurtmachiligida joriy yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobiga jami 121 ta loyihalar boʻyicha umumiy qiymati 625,7 mlrd. soʻmlik kapital quyilmalarni oʻzlashtirish rejalashtirilgan.

Joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida barcha dasturlar ijrosiga muvofiq 294,5 mlrd. soʻmlik kapital quyilmalar oʻzlashtirilib, 297,0 mlrd. soʻmlik mablagʻlar moliyalashtirib berildi.

Jizzax shahar “Oqqoʻrgʻonlik” MFYdagi tibbiyot birlashmasi hududida viloyat koʻz kasalliklar shifoxonasini yangidan qurish obyekti quvvati 100 qatnovli 75 oʻrinli boʻlib, buyurtmachi Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK hisoblanadi. Loyiha qiymati 17,975 mlrd. soʻmni tashkil qilib, bosh pudratchi “Mukammal Qurilish Savdo” MCHJ qurilish-montaj ishlarini amalga oshirmoqda.

Jizzax shahridagi A.Qodiriy nomidagi JDPUga yangi 2500 oʻrinli oʻquv binosining loyiha qiyamati 81,354 mlrd. soʻmni tashkil qilib, “Diamond” XK qurilish-montaj ishlarini amalga oshirmoqda.

Jizzax shahar A.Qodiriy nomidagi JDPUga Sangzor mahallasi hududida 600 oʻrinli talabalar turar joy binosining loyiha qiyamati 34,363 mlrd. soʻmni tashkil qilib, “SIFAT PLYUS QURILISH” MCHJ qurilish-montaj ishlarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFYda “Yangi Oʻzbekiston“ massivi hududida yangi umumtaʼlim maktabida ham qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Obyekt 1680 oʻrinli boʻlib, 27,887 mlrd. soʻmni mablagʻ asosida ”AZIZA CREDO MAX" MCHJ bosh pudrat tashkiloti hisoblanadi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!