» » Zafarobod tumanida viloyat 1-sektorining ommaviy qabuli oʻtkazildi

Zafarobod tumanida viloyat 1-sektorining ommaviy qabuli oʻtkazildi

24 апрель 2024 г 113 Комментарии: 0

Zafarobod tumanida joylashgan Madaniyat markazida Jizzax viloyati 1-sektor rahbarining aholi bilan ommaviy qabuli oʻtkazildi.

Ommaviy qabulni Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov ochib berdi.

Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Abduvalijon Mustanov tumanda amalga oshirilayotgan islohatlar va bugungi kunda tuman aholisini qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish ishlari olib borilayotgani xususida soʻz yuritdi.

Jumladan, tumanda 2023-yilda 6 ta Dasturlar doirasida 48 ta obyektlarda 98,9 mlrd soʻmlik qurilish – taʼmirlash ishlari bajarilib, 46 ta obyektlar foydalanishga topshirildi.

Yildan yilga oʻtuvchi 2 ta obyektlarda, yaʼni tuman hududidagi suv ombori qurilishi va 4r – 197 “Zafarobod – Arnasoy – Gagarin” avtomobil yoʻlining tuman markaziga keluvchi 8 km qismini taʼmirlash ishlari joriy yilda davom ettiriladi.

Bugungi kungacha tasdiqlangan, yaʼni 2024-yilga moʻljallangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish Dasturiga asosan 3 ta obyektlarda 18,8 mlrd soʻmlik qurilish –taʼmirlash ishlari bajariladi.

Xususan, 6,5 mlrd soʻmga “Pistalikent” mahallasidagi 4 – sonli maktab binosi mukammal taʼmirlanadi,2,3 mlrd soʻmga Zafarobod tumanidagi Yoʻldosh Oxunboboyev, Hamid Olimjon, Beruniy, Fayzulla Xoʻjayev, “Kojaxmed” va “Zafarobod” fermer xoʻjaliklari uyushmalari hududidagi kollektor – drenaj tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi hamda Suv ombori qurilishiga 10 mlrd soʻmga mablagʻ ajratilgan.

Qabul 15 ta guruhga boʻlingan holda tashkil etilib, har bir guruhdagi mutasaddilar aholi muammolarini tingladi.

Sayyor qabulda 78 nafar fuqarolardan 84 ta masalalardan iborat murojaatlar qabul qilindi.

Sayyor qabul davomida 13 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi.

Qolgan murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda oʻrganib ijobiy hal etish boʻyicha viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlariga vazifalar belgilab berildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!