Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Tezkor tadbirda mutaxassis 150 mln soʻm olgan vaqtida ushlandi
10 сентябрь 2024 г 71 Комментарии: 0
Surxondaryo viloyatidagi qurilish obyektlarida nazorat oʻlchov faoliyatini amalga oshiruvchi korxonaning yetakchi mutaxassisi Jizzax viloyatida qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilot mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida, qurilish ishlari boʻyicha qoʻshib yozish holatlarini tekshiruv xulosasida koʻrsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln soʻm talab qilgan.
DXX Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda mutaxassis 150 mln soʻm olgan vaqtida ushlangan.
Holat boʻyicha Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari hamda 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!