Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzaxda yana bir mast haydovchi urib yuborgan piyoda halok boʻldi
01 апрель 2024 г 113 Комментарии: 0
Haydovchi odam urib yuborgach jabrlanuvchiga yordam koʻrsatmasdan hodisa joyidan ketib qolgan. Oqibatda jabrlanuvchi vafot etgan.
Jizzax viloyatida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda mashina boshqargan haydovchi piyodani urib yuborib, uning oʻlimiga sabab boʻlgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024-yil 21-mart kuni soat 21:00 larda Zafarobod tumanida sodir boʻlgan.
Spirtli ichimlik taʼsirida boʻlgan 24 yoshli haydovchi Tiko mashinasi bilan harakatlanayotib yoʻlning chetida masjidga borayotgan 54 yoshli piyodani urib yuborgan.
Soʻng jabrlanuvchiga zarur yordam koʻrsatish oʻrniga voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda ogʻir tan jarohatlari olgan piyoda voqea joyida vafot etgan.
YPX xodimlarining tezkor harakatlari natijasida piyodani urib yuborgan Tiko topilgan va uning haydovchisi ushlangan. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266- moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!