Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Madaniyat vaziri oʻrinbosari Zarbdor tumanidagi madaniyat markazlari faoliyati bilan tanishdi
10 сентябрь 2024 г 65 Комментарии: 0
Madaniyat vaziri oʻrinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Jizzax viloyatida boʻlib, viloyatdagi madaniyat muassasalari faoliyatini oʻrgandi.
Xizmat safari davomida Yusufjon Usmonov viloyat hokimining oʻrinbosari Sardor Shukurullayev hamrohligida Zarbdor tumanidagi 17-son hamda 18-son “Oltin vodiy” madaniyat markazlari faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif yakunida viloyat tashkilotlari, madaniyat boʻlimi mudirlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida ijro intizomi holati, taʼmirtalab madaniyat markazlari faoliyati, pullik xizmat koʼrsatish ahvoli hamda madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat muassasalariga berilgan musiqa cholgʻulari hamda avtotransport vositalaridan foydalanish holatlariga alohida toʻxtalib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!