» » Mirzachoʻl tumanida aholi bilan navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi

Mirzachoʻl tumanida aholi bilan navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi

15 август 2024 г 88 Комментарии: 0

Qabul Mirzachoʻl tumani, Bogʻbon mahallasi , Oʻzbek -Qozoq madaniyat markazi binosida boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari 14 ta guruhga boʻlingan viloyat hokimi boshchilik viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda shahar va tumanlar hokimlari tomonidan qabul qilindi.

Viloyat hokimi Ergash Saliyev fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat doimiy eʼtiborda va nazoratda ekanligini taʼkidlagan holda, bu borada har bir rahbar aholi murojaatini hal etishga masʼulligini aytib oʻtdi.

Shuningdek, qabul uzoq hududda oʻtkazilgani bois, boshqa hududlardagi aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalaridan murojaatlar onlayn tarzda ham qabul qilindi.

Qabulda 85 nafar fuqarolardan 109 ta masalalardan iborat murojaatlar qabul qilindi.Sayyor qabul davomida 9 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi.

Qolgan murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda oʻrganib ijobiy hal etish boʻyicha viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda Jizzax shahar, tumanlar hokimlariga vazifalar belgilab berildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!