Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Yangiobod tumanida aholi muammolari tinglandi
06 август 2024 г 90 Комментарии: 0
Yangiobod tumani, Yangiobod SHFY, Musiqa va sanʼat maktabi binosida aholi bilan navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Ommaviy qabulda sektor rahbarlari viloyat hokimi oʻrinbosarlari, aholi muammolarini hal etish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari, hokim yordamchilari, mahalla raislari va viloyat hamda tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Ommaviy sayyor qabulni Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov olib bordi.Qabul guruhlarga boʻlingan holda har bir guruhdagi mutasaddilar aholi muammolarini tingladi.
Ommaviy qabulda aholi tomonidan davolanish va dori-darmon, uy-joy taʼmiri va ijtimoiy masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Sayyor qabul davomida 100 dan ziyod fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, qabul uzoq hududda oʻtkazilgani bois, boshqa hududlardagi aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalaridan murojaatlar onlayn tarzda ham qabul qilindi.
Ushbu murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda oʻrganib ijobiy hal etish boʻyicha viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda tumanlar hokimlariga vazifalar belgilab berildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!