» » Jizzax viloyati hokimi Forish tumanining chekka mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi

Jizzax viloyati hokimi Forish tumanining chekka mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi

22 июль 2024 г 109 Комментарии: 0

Insonlarni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarini, kundalik tashvishlarini samarali yechimini topish hamda aholi bilan yuzma-yuz muloqotda boʻlish maqsadida viloyat hokimi Ergash Saliyev boshchiligida Respublikasi Prezidentining viloyat Xalq qabulxonasi mudiri, viloyatdagi boshqarma, tashkilotlar rahbarlari, tumanning sektor rahbarlari ishtirokida Forish tumanining chekka mahallasi boʻlgan “Narvon” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.
Bu galgi sayyor qabulda ham asosiy eʼtibor aholi murojaatlarini oʻrganish, koʻtarilgan muammolarni joyida hal etishga qaratildi.

Qabulda aholi farovonligini taʼminlash, yashash sharoitini yaxshilash, yangi ish oʻrinlari yaratish, mahallalardagi obodonlashtirish, qurilish, tuproq yoʻllarini taʼmirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz taʼminoti, istiqbolli biznes rejasiga ega fuqarolarga kredit ajratish, davolanishda koʻmaklashish, yer ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va fuqarolarni qiynab kelayotgan boshqa muammolar tinglandi.

Sayyor qabulga kelgan fuqarolarni viloyat hokimi va tashkilotlar boʻyicha sektorlar hamda viloyat idora va tashkilotlar rahbarlari guruhlarga boʻlingan holda birma-bir qabul qilib, yuzma-yuz muloqotda boʻlishdi.

Fuqarolar murojaatlari tinglanib, qayd etib borildi. Qabulda 107 nafar fuqarolardan 115 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. 33 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi.

Qoʻshimcha oʻrganish va muddat talab etiladigan murojaatlar tegishliligi boʻyicha masʼullarga topshiriq berildi.

Eslatib oʻtamiz, viloyat hokimi ishtirokidagi sayyor qabul barcha tuman-shaharlarda boʻlib oʻtmoqda.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!