» » Jizzax viloyati hokimining shaxsiy va ommaviy qabuli oʻtkazildi

Jizzax viloyati hokimining shaxsiy va ommaviy qabuli oʻtkazildi

15 июль 2024 г 128 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning Arnasoy tumani Madaniyat markazida aholi bilan ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.
Dastlab, sayyor qabulni Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov kirish soʻzi bilan ochdi. Viloyat hokimi Ergash Saliyev sayyor qabulda soʻzga chiqib, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan har bir murojaat doimiy eʼtiborda va nazoratda ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng, qabulga kelgan fuqarolarga qulaylik yaratish va ish jarayonini sifatli va tezkor tashkil etish uchun viloyat tashkilotlari va boshqarmalari rahbarlaridan iborat 15 ta ishchi guruh tuzulib, faoliyat olib bordi.
Sayyor qabul davomida videokonferensiya aloqa orqali shahar va tumanlardan ham fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar qabul qilindi.

Arnasoy tumanida boʻlib oʻtgan viloyat hokimining sayyor qabulida ichki yoʻllar, oqar suv, ipoteka kreditlari, subsidiya asosida farzandlariga uy-joy olish, moddiy yordam, nogironlik elektron aravacha olish, xonadonga elektr tarmogʻi tortish, farzandini davolashda amaliy yordam, uy-joy qurilishi kabi 33 ta murojaat hamda 12 ta videokonferensiya aloqa orqali murojaatlar tinglandi.
Sayyor qabulda koʻtarilgan murojaatlarning 13 tasi joyida hal etildi. Vaqt va mablagʻ talab etadigan masalalar boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.

 

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!