» » Jizzaxda quruqlik porti qurilishi mumkin

Jizzaxda quruqlik porti qurilishi mumkin

04 октябрь 2024 г 78 Комментарии: 0

Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Sirdaryo va Jizzaxda quruqlik porti qurilishi boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslantirish ishlab chiqiladi.

Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini oʻrganish markazi va Janubiy Koreya Okeanlar va baliqchilik vazirligining Port investitsiyalar departamenti vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tomonlar logistika infratuzilmasini yaratish va modernizatsiya qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bogʻliq jihatlarni koʻrib chiqishdi.

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida quruqlik porti va ichki terminallarning qurilishi boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. 2024-yil 9-avgustda boshlangan loyiha 13 oyga moʻljallangan boʻlib, 2025-yil 12-sentyabrda yakunlanadi.

Qayd etilishicha, loyihaning maqsadi ushbu hududlarda quruq portni rivojlantirish boʻlib, bu mamlakatning logistika infratuzilmasini yaxshilashga yordam beradi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!