» » Jizzax viloyat prokuraturasida umumiy ovqatlanish korxonalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazildi

Jizzax viloyat prokuraturasida umumiy ovqatlanish korxonalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazildi

21 август 2024 г 95 Комментарии: 0

Jizzax viloyati prokuraturasida tizimdagi mavjud muammolarni aniqlash, umumiy ovqatlanish tizimida savdo tushumlarining kirim qilinishi borasidagi masalalarga yechim topishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni, viloyat prokuraturasi, soliq boshqarmasi, prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Anʼanaga koʻra, har yili 20-avgust kuni Prezident mamlakatning yetakchi tadbirkorlari bilan muloqot oʻtkazadi. Muloqotdan oldin esa joylarda masʼul davlat organlari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Oʻzbekistonda yashirin iqtisodiyotdan davlat byudjetiga 30 trln soʻm, yalpi ichki mahsulotga 135 trln soʻm zarar yetkazilgan. Deyarli 11 mingta korxona (41 foiz) hisobotlarida faqat 1 kishini ishchi sifatida koʻrsatgan. “Yashirin iqtisodiyot toʻgʻri ishlayotgan tadbirkorlarga katta toʻsiq boʻlyapti”, — degan edi davlat rahbari joriy yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida.

Ushbu yigʻilishda hududlarda masʼul nazorat qiluvchi organlar vakillariga yashirin iqtisodiyotning ulushini kamaytirish, rasmiy ishchilar sonini oshirish, naqd pulning bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish kabi qator yoʻnalishlarda topshiriqlar berilgan edi.

Joriy yilning avgust oyida Jizzax shahridagi eng yirik 16 ta umumiy ovqatlanish shahobchalarida soliq va departament hamkorligida soliq monitoringi oʻtkazilib, naqd pul tushumi oʻtgan oydagi tushumdan 259 foizgacha oshganini koʻrsatdi.

Uchrashuvda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi ular faoliyatining rivojlanishiga sabab boʻlishi, qator imtiyoz va subsidiyalardan foydalanish mumkinligi, tekshiruvlar esa avtomatik rad etilishi mumkinligi tushuntirildi.

Yigʻilishda tadbirkorlar tomonidan asosiy muammo sifatli goʻsht maxsulotlarini olish uchun faqat naqd pul koʻrinishida xarid qilinayotganligi, boʻrdoqichilik fermalari bilan ishlash imkonsizligi haqida gapirib, ushbu muammoning yechimi yuzasidan takliflar bildirildi.

Yigʻilish yakunida bildirilgan fikrlar umumlashtirilib, soliq qonunchiligiga oʻzgarish kiritilishi uchun masʼul davlat organlariga yuborilishi maʼlum qilindi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!