Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzaxda yoshlar bilan ishlash masalasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda
08 октябрь 2024 г 63 Комментарии: 0
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida yoshlar bilan ishlash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.
Jumladan, har bir mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, yoshlar bilan ishlashning yangi, vertikal tizimi yaratildi.
Tizimni raqamlashtirish, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar shaffofligini taʼminlash, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni 3 bosqichda monitoring qilib borish imkonini beruvchi “Yoshlar daftari” elektron platformasi ishga tushirildi.
Viloyat boʻyicha 2021-2024-yillarda “Yoshlar daftari” orqali 40,3 ming nafar yoshlarga 122,4 mlrd.soʻm miqdorida yordamlar koʻrsatildi.Yoshlar bandligini taʼminlash va ularni tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, soʻnggi 4 yil mobaynida viloyatimizda dehqonchilik qilish istagidagi 28 859 nafar yoshlarga 17 418 gektar yer ajratildi, 36 193 nafar yosh tadbirkorlarga 743,2 mlrd.soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratish orqali yosh tadbirkorlar sinfini shakllantirishga koʻmaklashildi.
2023-yildan boshlab esa, har bir mahallada ishsiz hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida “Yoshlar bandlik dasturlari” ishlab chiqilib, ushbu dastur asosida joriy yilda 2 293 nafar ishsiz yoshlarning bandligi taʼminlandi.
Shuningdek, “ogʻir” toifadagi yoshlar muammolari hal etishda jami 4 474 nafar yoshlarga 3,7 mlrd.soʻm yordam koʻrsatildi.
Viloyat Mahalla uyushmasi tashabbusi bilan 1 704 nafar kam taʼminlangan, qarovchisini yoʻqotgan bolalarga 681,6 mln soʻmlik maktab formasi va kiyim-boshlar tarqatildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!