» » Otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari va koʻrik-tanlovlar oʻtkazildi

Otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari va koʻrik-tanlovlar oʻtkazildi

11 октябрь 2024 г 60 Комментарии: 0

“Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida Favqulodda vaziyatlar vazirining kubogi uchun otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari va koʻrik-tanlovlar oʻtkazildi.

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari boshqarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar oʻrtasida “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida Favqulodda vaziyatlar vazirining kubogi uchun “Men qutqaruvchiman” estafetasi, “Voleybol”, “Shaxmat”, “Arqon tortish”, “Ijodiy taqdimot” kabi shartlar boʻyicha sport musobaqalari va koʻrik-tanlovlarning viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Natijalarga koʻra:

Jizzax shahar “Sayhon” MFYning “Sayhon burgutlari” jamoasi birinchi;
Sharof Rashidov tumani “Uchtepa” MFYning “Uchtepa yoshlari” jamoasi ikkinchi ;
Forish tumani “Musoqul Orolov” MFYning “Turon” jamoasi uchunchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!