» » Jizzax shahrida yangi toʻqimachilik korxonasi ish boshlaydi

Jizzax shahrida yangi toʻqimachilik korxonasi ish boshlaydi

15 октябрь 2024 г 54 Комментарии: 0

Jizzax shahrining Obod mahallasi hududida yana bitta yirik toʻqimachilik korxonasi hademay oʻz faoliyatini boshlaydi.

Loyiha qiymati 60 mln. AQSH dollarini tashkil etuvchi Sharof Rashidov nomidagi toʻqimachilik kombinati MCHJda birinchi bosqichda paxtadan kalava ip tolasi tayyorlansa, ikkinchi bosqichda sochiq va choyshab ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Korxona sex va boʻlimlariga eng soʻnggi nusxadagi texnologiyalar asosida ishlaydigan Germaniya, Shveysariya va Turkiyadan keltirilgan dastgohlar oʻrnatilgan. Yillik quvvati 15000 tonna paxtani qayta ishlashga moʻljallangan jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ham ichki bozorga, ham eksportga yoʻnaltiriladi.

—Birinchi bosqichda 580 nafar, korxona toʻliq kuch bilan ishlagach, jami 2400 nafar aholi yangi ish oʻrinlari bilan taʼminlanadi,—deydi MCHJ ish boshqaruvchisi Ikrom Azimov.—Ayni paytda korxonada soʻnggi sinov jarayonlari olib borilmoqda.

Yirik ishlab chiqarish majmuasi yonida ishchi-xizmatchilarga qulaylik yaratish maqsadida 250 oʻrinli klinika, 200 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binolari ham qad rostlaydi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!