Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati sanoat sohasidagi yirik avtomobil ishlab chiqarish korxonalari haqida
19 сентябрь 2024 г 58 Комментарии: 0
Viloyat sanoat sohasi deganda bugun hammamizning koʻz oldimizga beixtiyor yaqin oylarda yangi tashkil qilingan yirik avtomobil ishlab chiqarish korxonalari keladi.
2021-yili davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan muloqoti davomida Jizzaxda hech kim tasavvur qilmagan 2−3 ta avtomobil zavodi ochilayotganini maʼlum qilgandi.
Ushbu muloqotdan soʻng, oradan hech qancha vaqt oʻtmasdan Jizzax erkin iqtisodiy zonasida “ADM Jizzakh” yengil avtomobilsozlik zavodi oʻz faoliyatini boshladi.
Loyiha doirasida 234 million dollar miqdorida mablagʻlar oʻzlashtirilib, oʻtgan uch yilda “KIA”, “Chery” hamda “Haval” brendlari ostida 23 turdagi 36 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan. 2024−2027-yillarda 348 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirish rejalashtirilgan.
Ayni paytda Oʻzbekistondagi 21 ta korxona bilan kooperatsiya tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Joriy yilning 25-yanvar kuni davlatimiz rahbari Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida“BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, viloyatimizda elektromobillar ishlab chiqarishga start bergan edi.
Qiymati 160 million dollarlik ushbu loyihaning birinchi bosqichida dastlab, yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyati paydo boʻldi.
Ikkinchi bosqichda esa qiymati 300 million dollarlik loyiha hisobiga elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, 500 million dollarlik uchinchi bosqichda esa 500 ming donagacha yetkazish koʻzda tutilgan.
Korxonaga Xitoydan robotlashtirilgan tizimlar va uskunalar keltirilib, ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirildi.
Hozirda bu yerda “Chazor” va “BYD SONG PLUS” modellari ishlab chiqarilmoqda.
Davlatimiz rahbari joriy yil 27-iyun kuni viloyatimizga tashrifi chogʻida mazkur korxonaga tashrif buyurib, konveyerdan chiqqan ilk elektromobilga imzo qoʻydi.Bugungi kunda korxonada 1 200 kishi mehnat qilmoqda.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!