» » Jamiyatda xotin-qizlar siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi

Jamiyatda xotin-qizlar siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi

24 октябрь 2024 г 50 Комментарии: 0

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish orqali siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etishi, davlat boshqaruvida munosib nomzodlarni saylash nafaqat konstitutsiyaviy huquqi, balki fuqarolik burchi ekanligi hamda oʻz kelajagi uchun ovoz berishi borasida xabardorligini oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatida Jizzax Oila va xotin-qizlar boshqarmasi masʼul xodimi Nargiza Abduraxmonova, Toshkent davlat yuridik instituti professori, Yuridik fanlar nomzodi Feruza Muxiddinova, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻining Xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligi boʻyicha oʻrinbosari Gulnora Normurodova, Oqila ayollar harakati aʼzolari, Mahalla xotin-qizlar faollari va universitetda faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida tadbir masʼullari tomonidan yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish, ularning maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha imkoniyatlar hamda huquqiy kafolatlar boʻyicha tadbir qatnashchilariga batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbirda mamlakatda sogʻlom oilani shakllantirish, oilada yuksak darajadagi maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, oila mustahkamligini taʼminlash va uning manfaatlarini himoya qilish, sogʻlom bola tugʻilishi va uni tarbiyalash masalalari davlat siyosati darajasiga koʻtarilganligi alohida taʼkidlandi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!