» » “Inson va oila manfaati – davlat va jamiyat himoyasida” mavzusida tadbir oʻtkazildi

“Inson va oila manfaati – davlat va jamiyat himoyasida” mavzusida tadbir oʻtkazildi

12 август 2024 г 96 Комментарии: 0

Jizzax viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Jizzax shahar hokimligi hamkorligida “Inson va oila manfaati – davlat va jamiyat himoyasida” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbir Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 18-iyundagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosi doirasida tashkil etildi.

Tadbir avvalida Jizzax shahridagi Nuroniylar maskanida joylashgan “Oila maktabi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur maktabda yoshlarning nikohlarini qonuniy qayd etishlaridan avval, oila atalmish mustahkam qoʻrgʻonning sir-asrorlari, er-xotin majburiyatlari, haq-huquqlari yuzasidan maxsus oʻquv darslar oʻtiladi. Yangidan nikoh tuzadigan yoshlar belgilangan dars soatlarida qatnashgandan soʻng, maxsus sertifikatlar topshiriladi. Tadbir tashkilotchilari va jamoatchilik vakillari “Oila maktabi” ochilish marosimidan soʻng yosh nikohlanuvchilarga shu yerning oʻzida maxsus sertifikatlar topshirdi.

Shundan soʻng, mahallardagi oilalar vakillari, yoshlar va xotin-qizlar uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.

Tadbirning asosiy qismi Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida boʻlib, unda shahar va tumanlar hokim oʻrinbosarlari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlari, nizoli oilalar hamda ajrim yoqasiga kelib qolib, yarashtirilgan oilalar va Jizzax shahar “mahalla yettiligi” uchun maʼnaviy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Ergash Saliyev soʻzga chiqib, hududdagi oilalar bilan ishlash holatlari, ularni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha toʻxtaldi.

Tadbirda, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan videoroliklar va sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!