» » Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻining qabuli oʻtkazildi

Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻining qabuli oʻtkazildi

23 сентябрь 2024 г 84 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi N.Muxtorova viloyatning chekka hududlarida ham aholi bilan sayyor qabullar va uchrashuvlar tashkil etmoqda.

Sharof Rashidov tumanidagi eng chekka hududlardan biri Qulpusar mahallasida aholi bilan sayyor qabul oʻtkazildi. Unda xotin-qizlarning sogʻliqni saqlash, uy-joy, kredit va bir qancha ijtimoiy sohalardagi muammolariga yechimlar berilib, baʼzi murojaatlar shu joyning oʻzida hal etildi.

Jumladan, 6 nafar fuqaroga sogʻligini tiklash borasida davolanishi uchun yoʻllanmalar berildi. Shuningdek, yotib qolgan bemorlar holidan xabar olindi. Bu kabi tadbirlar joylarda yana davom etadi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!