» » Jizzaxda ishbilarmon ayollar taqdirlandi

Jizzaxda ishbilarmon ayollar taqdirlandi

25 октябрь 2024 г 50 Комментарии: 0

Jizzax shahrida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – OʻzLiDeP tomonidan “Ishbilarmon ayol – 2024” Respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Koʻrik-tanlov doirasida viloyatda faoliyat yuritayotgan salohiyatli fermer, tadbirkor va ishbilarmon ayollar rahbarligidagi korxonalar mahsulotlari namoyish etilgan koʻrgazma taqdimoti ham oʻtkazildi. Koʻrik-tanlov ishtirokchilari faoliyatiga hakamlar hayʼati baho berdi.

Xususan, ularning soliqlarga ongli munosabatda boʻlishi, eksport va import salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi faolligi, nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashda amalga oshirgan xayrli ishlari, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning xohish-istaklari, har bir hududning ichki xususiyatlaridan kelib chiqib, biznesga yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirgan aniq amaliy ishlari inobatga oldi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻringa zominlik tadbirkor “Yasmin chevarlari” MCHJ rahbari Raʼno Xasanova, 2-oʻringa Jizzax shahridan “Xadija baraka mahsulotlari” oilaviy korxona rahbari Gulnora Ismatullayeva, 3-oʻringa Doʻstlik tumanidan “Bunyodkor tikuvchi qizlari” MCHJ rahbari Gulxayo Shoximardonova munosib deb topildi.

Shuningdek, boshqa nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanib, partiyaning diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!