» » Sharof Rashidov tumanida 24 ming nafar aholiga xizmat koʻrsatadigan oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi

Sharof Rashidov tumanida 24 ming nafar aholiga xizmat koʻrsatadigan oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi

04 ноябрь 2024 г 31 Комментарии: 0

Jizzax viloyat hokimining oʻrinbosari Akmal Savurbayev, tuman hokimi Mahmud Xolbutayev, shifokorlar, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, yangi tibbiy muassasalar tashkil etish, mavjudlarini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi. 

Saxovatpesha insonlar tomonidan zamonaviy koʻrinishga ega yangi oilaviy poliklinika qisqa muddatda barpo etildi, shifokorlar va tashrif buyuruvchilar uchun zarur barcha sharoitlar yaratildi.

Yangi oilaviy poliklinikaning ish boshlashi bilan hududda tibbiy xizmat koʻrsatish sifati yanada yuksaladi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!