Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Paxtakor tumanida tadbirkorlarga barqarorlik reytingi to‘g‘risidagi qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi
06 ноябрь 2024 г 28 Комментарии: 0
Viloyat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar muammolarini aniqlash, ularga huquqiy ko‘mak berish, tadbirkorlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Paxtakor tumanida ham viloyat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Akram Ustanov 10 ga yaqin tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashdi.
Mazkur tadbir davomida fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Hususan, barqarorlik reytingining barcha mezonlariga javob beradigan tadbirkorlarga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar berish nazarda tutilgan. Xususan, yangi ish o‘rinlari yaratish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash va hisobot berish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahsulot eksporti kabilar muhim o‘rin tutishi aytib o‘tildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!