Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Assosiz hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i davlat byudjetiga undirildi
08 ноябрь 2024 г 24 Комментарии: 0
Jizzax viloyat soliq boshqarmasi “Sirli Olam” mas’uliyati cheklangan jamiyatning (maqoladagi geografik atamalar o‘zgartirildi) 2020 yil yanvar oyidan 2022 yil sentyabr oyiga qadar bo‘lgan faoliyat davrida qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘g‘ri hisoblanishi va byudjetga to‘lanishi yuzasidan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazildi.
Tekshirish natijasida mazkur tashkilotda Soliq kodeksining 15-moddasi talablariga zid ravishda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Shunga ko‘ra javobgar “Sirli Olam” MChJ va “Buston AU” MChJ, “Karton Max” MChJ hamda “ Qashqir MChJlar o‘rtasida tuzilgan bitimlar asosida “shubhali” moliyaviy operatsiyalar amalga oshirganligi fosh etildi.
Mazkur jamiyatlar tomonidan qonunga zid ravishda rasmiylashtirib berilgan hisob-fakturalar “Sirli Olam” MChJ ning soliq hisobotida aks ettirilganligi natijasida jami 86 million 739 ming 130 so‘mlik QQS asossiz hisobga olinganligini ko‘rish mumkin.
Joriy yilning 5 noyabrda “Oliy sud” ning qaroriga asosan, viloyat soliq boshqarmasining da’vo talablarini asosli deb topib, uni to‘liq qanotlantirib, 86 million 739 ming 130 so‘m QQSni asossiz hisobga olinganligidan kelib chiqib, javobgardan 86 million 739 ming 130 so‘m QQSni davlat byudjetiga undirishini lozim topdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!