Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Tadbirkorlarga gaz boʻyicha hisoblangan asossiz 3,7 mlrd soʻmga yaqin mablagʻ qayta hisob-kitob qilindi
08 ноябрь 2024 г 30 Комментарии: 0
Jizzaxda togʻ-kon hamda avtomobillarga yonilgʻi quyish faoliyatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari asossiz qarzdorlik hisoblanganidan norozi boʻlib, Raqobat qoʻmitasi hududiy boshqarmasiga murojaatlar qoldirgan.
Raqobat qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jizzax viloyatida togʻ-kon hamda avtomobillarga yonilgʻi quyish faoliyatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari HUDUDGAZTAʻMINOT AJ va uning HUDUDGAZ JIZZAX gaz taʼminoti filiali tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganligidan norozi boʻlib, qoʻmitaning hududiy boshqarmasiga murojaatlar qoldirgan.
Mazkur murojaatlar yuzasidan qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, asossiz hisoblangan 3,7 mlrd soʻmga yaqin qarzdorlik HUDUDGAZTAʻMINOT AJning maxsus elektron dasturida hisobdan chiqarilishi taʼminlanib, tadbirkorlarning huquqiy manfaatlari himoya qilindi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!